Suriya harbiy samolyoti Damaşq şahri yaqinida qulab tuşgan. Bu haqda Syrian Observatory for Human Rights xabar tarqatgan.
Monitoring markazidagilarning qayd etişiça, samolyot urib tuşirilgani yoki texnik nosozlik tufayli qulagani aniqlaştirilmagan.
Reuters agentligi xabariga köra esa, IŞID jangarilari bu samolyot halokati uçun javobgarlikni zimmasiga olgan.
Mahalliy naşrlarda yozilişiça, samolyot uçuvçisi muvaffaqiyatli katapulta qilingan.
18 sentabr kuni ham Dayr-az-Zor şahri yaqinida suriyalik harbiylar samolyoti halokatga uçragan, bu samolyot uçuvçisi halok bölgandi. Bu hodisa uçun ham javobgarlik IŞID zimmasiga yuklangan.












