Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan ötkazgan uçraşuvida Qrim masalasida Kiyevni qöllab-quvvatlaş masalasi özgarmasligini ta'kidlagan. Bu haqda, Ukraina davlat rahbari sayti xabar qilmoqda.
"Rajab Toyyib Erdöğan qayd etganidek, Turkiya Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklaşda Kiyevni, ham ikki tomonlama, hamda köp tomonlama jihatdan qöllab-quvvatlaşda davom etadi", - deyiladi xabarda. Poroşenko matbuot-xizmatida ma'lum qilişlariça, "Rossiya bilan aloqalarning tiklanişi Turkiyaning bu masaladagi qaraşi özgarişiga sabab bölmaydi".
Bundan taşqari, davlat rahbarlari savdo va investitsiyalarga oid masalalarni ham muhokama etgan.
"Ukraina prezidenti Turkiya kompaniyalarini mamlakatdagi korxonalarni xususiylaştirişda iştirok etişga çaqirgan", - deya qöşimça qilgan matbuot xizmati.
Ular, şuningdek, yaqin orada energetika masalasi böyiça ukrain-turk işçi guruhining uçraşuvini taşkil etişga kelişib olişgan.












