Filippin hukumati barça oliy ta'lim muassasalarida barça abituriyentlar organizmida giyohvand moddalar borligini majburiy tekşirişni kiritişni rejalaştirmoqda. Uşbu çora mamlakatda narkotrafikka qarşi kuraş doirasida körilmoqda.
"Bunday tekşiruvni ötkaziş ğoyasi prezident barça talabalar kampusini giyohvand moddalardan xoli hudud qilişga çaqirgandan keyin paydo böldi. Yoşlar bu xavfli moddalarni iste'mol qilmasliklari juda muhimdir. Bunda ta'lim oliş bu illatdan qaytaruvçi omil bölişi kerak", deb aytdi mamlakat hukumatining oliy ta'lim böyiça komissiyasi ijroçi direktori.
Organizmida giyohvand modda topilgan talabalar ta'lim muassasasida öqiş boşlangunça davolaş kursidan ötişlari kerak böladi.
2016 yil may oyida saylangan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte noqonuniy narkotrafikka qarşi kuraşni öz siyosatining asosiy yönalişlaridan biri qilib belgilagan.












