Karmenya Singx Sarin va Şreya Setxi Dehli oliy sudiga WhatsApp kompaniyasining yangi siyosati millionlab foydalanuvçilar manfaatiga xavf solayotganini ta'kidlab, da'vo arizasi bilan murojaat qildilar.
19 yoşli Singx va 22 yoşli Setxi "foydalanuvçi roziligi" atamasi Hindistonda ma'noga ega emasligini, çunki köpçilik hindlar maxfiylik siyosati özgarişining oqibatlarini öqiş yoki tuşuniş uçun yetarliça bilim va tayyorgarlikka ega emasligini aytmoqdalar.
Sud jarayonida WhatsApp kompaniyasi "Feysbuk"ka foydalanuvçilar ismlari va telefon raqamlarini istesno qilgan holda, ularning yozişmalari mazmunini bermasligini aytdi. Kompaniya messenjerdan foydalaniş ixtiyoriy ekanligini qöşimça qildi.
SimilarWeb ma'lumotlariga köra, Hindistonning 70 mln dan köproq aholisi WhatsApp’dan foydalanadi, "Feysbuk" auditoriyasi esa 150 mln ga yaqin foydalanuvçini öz içiga oladi.
WhatsApp kompaniyasi 25 avgustda öz blogida maxfiylik siyosati özgarişini e'lon qilib, "Feysbuk" ijtimoiy tarmoği bilan ma'lumotlar almaşiş natijasida WhatsApp messenjeri foydalanuvçilariga döstlarning aniqroq tavsiyalari va tegişli e'lonlarni körsatişni taklif qilişi mumkinligidan ogohlantirgan. Kompaniya foydalanuvçilar telefon raqamlarini reklama beruvçilarga bermaslikka va'da bergan.












