Toronto şahrida bölib ötayotgan xokkey böyiça Jahon kubogi musobaqalarida Kanada milliy terma jamoasi AQŞ terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida işonçli ğalabaga erişib, pley-off bosqiçiga çiqdi.
Kanadaliklar tarkibida şaybalarni Mett Dyuşen (6-; 12-daqiqa), Kori Perri (7) va Patris Berjyeron (29) kiritişgan bölsa, amerikaliklar tarkibida Rayan Makdona (5) va Ti Jyey Oşi (58) şayba muallifi bölişdi.
Kanada va Yevropa termalari öz öyinlarida ğalaba qozonib, musobaqaning pley-off bosqiçiga yöllanmani naqd qilişdi. 22 sentabr kuni guruh bosqiçining sönggi turida ular törtlik ğolibini aniqlab olişadi. 23 sentabrda amerikaliklar va çexlar ham özlarining sönggi öyinini ötkazişadi.
Mazkur musobaqa Kanada kubogining vorisi hisoblanadi. Jahon kubogi nomi ostida 1996 va 2004 yillarda ikki bor bellaşuvlar taşkil etilgan.












