Microsoft kompaniyasi hanuzgaça telefon işlab çiqaruvçi bölimini Xitoyning FIH Mobile kompaniyasiga sotiş rejalariga qaramasdan, Nokia brendi ostida mobil qurilmalar işlab çiqarmoqda.
Kompaniya yaratgan yangi Nokia 216 telefoni Hindistonda oktabrda paydo böladi. Telefonni bor-yöği 37 dollarga sotib oliş mumkin böladi, deb xabar bermoqda The Verge.
Arzon narxdagi telefon 2,4 dyuymli QVGA-displey, 0,3 MPli old va orqa kameralar bilan jihozlanadi. Ta'kidlanişiça, işlab çiqaruvçilar telefonga hattoki iPhone 7’da yöq bölgan quloqçinlar uçun standart raz'yom qöşişgan.
Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, Microsoft’ning oddiy telefonlarni işlab çiqarişni davom ettiriş qarori ravşandir: kompaniya şunday hamyonbon telefonlardan har oy millionlab dona sotmoqda. Işlab çiqaruvçilar oddiy mobil telefonlar foydalanuvçilari Microsoft’da akkaunt oçib, ekotizimning bir qismiga aylanişlariga umid qilmoqdalar.
Gaplarga qaraganda, kompaniya dekabrda Lumia smartfonlarini sotişni töxtatadi. Bu qaror bir vaqtlar ommaviy bölgan bu telefonga qiziqiş susaygani bilan boğliq bölişi mumkin. Kompaniyaning apreldagi hisobotiga köra Lumia’ning jahon böylab savdosi 73 foizga, smartfonlar sotişdan olinadigan daromadi esa 46 foizga tuşib ketgan.












