Kelib çiqişi hind bölgan avstraliyalik muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga quyoş batareyasida harakatlanuvçi avtorikşada yetib bordi, deb yozmoqda Indiatimes portali.

Navin Rabelli 10 ming kilometrlar masofani ortda qoldiriş uçun 7 oy sayohat qilgan. U, fevral oyida yölga çiqib, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Avstriya, Şveytsariya, Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, Birlaşgan Qirollikka yetib kelgan. Parij yaqinida Rabellining pasporti va hamyonini öğirlaşgan bölsa-da, u sayohatini davom ettira olgan. 

Rabellining aytişiça, u elektr va quyoş batareyalarida yuradigan maşinalarning keng imkoniyatlariga e'tibor qaratiş maqsadida şunday yöl tutgan.