AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Poroşenko bilan BMT Boş Assambleyasi 71-sessiyasi doirasida ötkazgan uçraşuvida Amerika hukumati Kiyev ma'muriyatiga 1 mlrd dollarlik kredit kafolati berişga tayyorligini bildirdi, deb xabar qilmoqda Ukraina prezidenti sayti. 

«Vitse-prezident Bayden Ukrainaga 1 mlrd dollarlik kredit kafolati berişga tayyorligini bildirdi. Çunki, Ukraina buning uçun zarur barça şartlarni bajargan», — deyiladi xabarda.

Şu munosabat bilan Poroşenko Ukrainaga XVJning uçinçi tranşini ötkazişning muhimligini qayd etib, islohotlarni davom ettiriş borasida qat'yatini ta'kidlagan. 

Siyosatçilar şuningdek, Donbassdagi vaziyat va Minsk kelişuvlarining ijrosini ham muhokama etişgan.