Anjyelina Jolining otasi, aktyor Jon Voyt qizining Bred Pitt bilan ajrashuvi haqida izoh berdi. Uning aytishicha, bu xabar uni shokka tushirib qo‘ygan, shu bois u qizi va kuyovi haqiga duo qilishini ma'lum qilgan. Bu haqda Inside Edition nashri yozmoqda.

77 yashar Voytning fikricha, er-xotin “o‘rtadagi biror-bir jiddiy sabab tufayli” ajrashish haqida ana shunday qarorga kelishgan. «Men nima bo‘lganini bilmayman, ammo buni eshitish juda qayg‘uli. Ular haqiga duo qiling», — dedi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, Joli 19 sentabr kuni aktyor Bred Pitt bilan ajrashish uchun ariza bergan edi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, aktrisa erining bolalar tarbiyasiga bee'tiborligidan norozi bo‘lgan.