AQŞ Harbiy-havo kuçlariga tegişli bölgan samolyot Yaponiyaning Okinava prefekturasi hududidagi suvlarga, qirğoqdan 130 km masofada qulab tuşdi. Bu haqda The Daily Express xabar tarqatgan.
Naşr ma'lumotiga köra, bir örinli şturmovik - AV8B Harrier II halokatga uçragan. Bu samolyot Kadendagi bazadan kötarilib Okinavaga uçiş vaqtida qulagan. Samolyot uçuvçisi katapulta qilingan, sohil böyi xizmati uni suvdan çiqarib olgan.
Samolyot halokati sababi hozirça aniqlanmagan.
Okinava orolida Yaponiyadagi amerikalik harbiylarning asosiy bazasi joylaşgan. Bu AQŞning öz çegaralaridan taşqaridagi eng yirik harbiy bazasidir. Umumiy hisobda orolda 25 ming nafar amerikalik harbiy joylaştirilgan. Orolning 18 foizlik hududi amerikaliklarning obektlari uçun berilgan. Mahalliy aholi doimiy ravişda AQŞning Okinavadan çiqib ketişini talab qilib, namoyişlar uyuştirib keladi.













