Dunyoda biri-biridan çiroyli mehmonxonalar juda köp. Şunday bölsa-da, ularning ba'zilari boşqalariga qaraganda körkamroqdir. CNN sohil böyidagi dunyoning eng gözal 21 mehmonxonasi suratlarini töplab, ajoyib fotojamlanma taqdim etdi.

Soneva Kiri (Kox Kud, Tailand). Çangalzor va okean örtasida joylaşgan 36 villadan iborat mehmonxona Tailandning eng haşamatli va betakror sohilböyi maskanlaridan biridir.

Le Guanahane (Sen-Bartelemi). Bu hududga xos bölgan klassik dam oliş maskani. 2 hovuz, 2 oq qumli sohil va rif mehmonlar xizmatiga şay.

Hotel-Fasano (Rio-de-Janeyro). Rioning afsonaviy Iponema sohillaridagi eng ajoyib maskanlardan birida joylaşgan haşamatli mehmonxona, şuningdek bu yerdagi Morro Dois Irmaos hamda Korkovado toğlari alohida diqqatga sazovordir.

Hotel du Palais (Biarrits, Fransiya). 1855 yilda Napaleon III tomonidan turmuş örtoği Yevgeniya uçun sovğa sifatida barpo etilgan, u özining haşamatli dekoratsiyasi - marmar işlanmalari, billur qandillari, noyob buyumlari va qimmatbaho matolari bilan maşhur.

Four Seasons Resort The Biltmore (Kaliforniya). 22 akr maydonga ega boğda minglab tropik ösimliklar va palmalar orasida bunyod etilgan mehmonxona.

Intercontinental Danan Sun Peninsula Resort (Danang, Vetnam). Uşbu betakror mehmonxonada hamma narsa suratga olişga çorlaydi göyo - tabiat manzarasi, restoranlar, 197ta nomer va lyukslardan iborat mehmonxona...































