Qozoğistonda 450 mln tenge (taxminan 835 ming dollar) qiymatidagi köçmas mulkka ega bölgan şaxslardan soliqlar oşirilgan stavka böyiça olinadi. Soliq kodeksiga kiritilgan tegişli özgarişlar 2026 yil 1 yanvardan kuçga kiradi. Bu haqda Qozoğiston Milliy iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari Azamat Amrin tuşuntiriş berdi.
Amrinning sözlariga köra, tizim alohida kvartiralar yoki maşinalar sonini emas, balki mol-mulkning umumiy qiymatini hisobga oladi.
«30-60 ta xonadonga ega bölgan mulkdorlar bor. Hozir mol-mulk soliği har bir obekt uçun alohida hisoblanyapti. Agar hammasining qiymatini qöşsak, yuz millionlar hosil böladi. Umumiy qiymat 450 million tengedan oşganda, oşirilgan stavka qöllanadi», deb tuşuntirdi vazir örinbosari.
Misol uçun, bir kişining har biri 10 million tengelik 80 ta kvartirasi bölsa, ularning umumiy qiymati 800 million tenge böladi. Soliq stavkasi umumiy summaning 1 foizini, ya’ni 8 million tengeni taşkil etadi.
Amrin sözlariga köra, maşina, yaxta va samolyotlar uçun soliq boşqaça hisoblanadi.
«Agar transport vositasining narxi 75 million tengedan (140 ming dollar) oşsa, qöşimça 10 foizlik aksiz soliği joriy etiladi. Qozoğiston içida xususiy şaxslar örtasida sotilganda ham, agar avtomobil 75 milliondan qimmat bölsa, xuddi şu stavka qöllanadi», dedi u.
Vazir örinbosari sözlariga köra, qimmatbaho alkogol va sigaralar uçun oddiy aksiz soliğiga narxning yana 10 foizi qöşiladi. Möyna va qimmatbaho taqinçoqlarga hozirça soliq solinmaydi.
«Biz röyxatga oliş şart bölgan narsalardan boşladik: kvartiralar, maşinalar, yaxtalar. Bularning qiymatini hisoblaş oson. Zargarlik buyumlari va oltin - hozirça yöq, ularni nazorat qiliş qiyin», deb tuşuntirdi Amrin.
2026 yil 1 yanvardan kuçga kiradigan Qozoğistonning yangi Soliq kodeksida alohida haşamat soliği kiritilmagan, biroq ayrim qimmatbaho tovarlar va mol-mulklarga oşirilgan soliq solinişi nazarda tutilgan.
Soliq yukini yanada adolatli taqsimlaş uçun töğridan-töğri soliq örniga haşamatli buyumlarga oşirilgan aksiz soliği tizimiga ötiş taklif qilindi. Vazirlik vakillari bunday yondaşuv soliq soliş obektlarini aniq belgilaş va insofli soliq tölovçilar uçun salbiy oqibatlarning oldini oliş imkonini berişini tuşuntirdi.

















