Kolumbiyada davom etayotgan futzal böyiça Jahon Çempionatida çorak finalning 5 iştirokçisi nomi ma'lum böldi.
21 sentabr kuni avvaliga Rossiya Vetnamni 7:0 hisobida yengib, çorak finalning ilk iştirokçisiga aylangandi. Mezbon Kolumbiya esa penaltilar seriyasida Paragvayga yutqazgan.
Turnir sensatsiyasi esa Braziliya va Eron uçraşuvida qayd etildi. Asosiy vaqtda 4:4 hisobi qayd etilgaç, penaltilar seriyasida Eronga omad kulib boqdi.
Ispaniya Qozoğistonni 5:2 hisobida yenggan bölsa, Portugaliya Kosta-Rikani 4:0 hisobida taslim etib, çorak finalga yöl oldi.
Endilikda çorak finalda Eron Paragvay bilan, Rossiya esa Ispaniya bilan öynaydi.
Portugaliya öz raqibini kutmoqda.
Nimçorak finalning yana 3ta uçraşuvi bugun bölib ötadi. Bu bahslarda Argentina Ukraina bilan, Italiya Misr bilan Tailand esa Ozarbayjon bilan kuç sinaşadi.
Braziliya - Eron 4:4 (pen. 2:3)
Gollar: Falkao 9, 13, 48, Diyeguino 29 - H.Toyibi 14, A.Kozimi 31, A.Hassanzoda 37, M.Keşavars 48
Portugaliya - Kosta-Rika 4:0
Gollar: Rikardino 5, 22, Andre 26, T.Brito 27
Kolumbiya – Paragvay – 0:0, penalti – 2:3.
Rossiya – Vetnam – 7:0 (4:0).
Gollar: Çişkala, 2. Abramoviç, 9, 12. Abramov, 18. Niyazov, 21. Romulo, 30. Milovanov, 36.
Manba: Tribuna.uz

















