AQŞning yirik texnologik korporatsiyalari Oq uy bilan birga qoçqinlarga yordam beriş uçun sa'y-harakatlarni birlaştirdilar.

Xususan, Google kompaniyasi 10 ming livanlik bolaga bepul ta'lim beruvçi nodavlat taşkilotlari uçun texnik mutaxassislarini moliyalaşga va kreditlaşga va'da berdi. Bundan taşqari, korporatsiya yevropalik qoçqinlar uçun umumiy qiymati 5,3 mln dollar bölgan Chromebook noutbuklarini xayriya qildi. 

"Feysbuk" rahbariyati Gretsiya böylab 35 ta hududda bepul Wi-Fi-ulanişni ta'minlaşni rejalaştirmoqda va qoçqinlar lagerlariga internetga bepul kirişni taqdim qiliş uçun BMT bilan hamkorlikni davom ettiradi. Ijtimoiy tarmoq, şuningdek, muhojirlarga yordam beruvçi jamoatçilik taşkilotlariga mablağ yiğib beradi. Bundan taşqari, kompaniya qoçqinlar özlarining texnik va tadbirkorlik malakalarini rivojlantira oladigan innovatsion markaz qurmoqçi.  

HP Inc. ham Livan va Iordaniyada kattalar va bolalar uçun 6 ta qoçqinlarni öqitiş markazi qurişni rejalaştirmoqda. 

Bu kompaniyalardan taşqari, muhojirlarga yordam berişda Twitter, Coursera6 Zynga, Uber, LinkedIn, IBM va TripAdvisor kompaniyalari ham iştirok etmoqçi.