Xaker Luka Todesko smartfon sotilişi boşlanganiga köp bölmay, iPhone 7 dasturini buzişning uddasidan çiqdi. U bu haqda Twitter sahifasida e'lon qilgan.
Todesko sahifasiga joylagan suratda sönggi iOS dasturida işlayotgan iPhone 7 va işga tuşirilgan Cydia ilovasini köriş mumkin. U, boşqa ilovalarni örnatiş imkonini beradi. Xaker şuningdek, iOS 10 dasturida işlayotgan iPad planşetining buzilişi tasvirga olingan videolavhani ham joylaştirgan.
iOS dasturining Jailbreak deb nomlanuvçi buzilişi qurilmaning fayllar tizimiga ulaniş imkonini beradi. Jailbreak qilingan telefonlarning virusli dasturlar bilan zararlaniş ehtimoli köproq böladi. Çunki, işga tuşiriladigan dasturlar norasmiy manbalardan olinadi.
Albatta, Todesko iOS dasturining buzilişi tarqatmagan, şuning uçun Jailbreak keng omma ixtiyorida mavjud emas. Biroq, surat va videolavhalar yangi iPhone smartfoni va iOS 10 dasturini ham avvalgilaridek buziş mumkinligini isbotlaydi.












