20-21 sentabr kunlari Xalqaro Biznes Markazida ICTFORUM-2016 bölib ötadi. Unda Özbekiston va boşqa mamlakatlar misolida AKTning hayotga tatbiq etişga oid mavzular va taqdimotlar, muvaffaqiyatli loyiha namunalari yoritiladi.

AKT Forumi ilk bora ötgan yili ötkazilgandi. Buyilgi tadbirda ma'ruzaçilar sifatida yetakçi IT-kompaniyalar vakillari, soha ekspertlari taklif etilgan. Tadbirga 800dan ortiq kişi taşrif buyurişi kutilmoqda. 70dan ortiq ma'ruzaçilar esa bir neça muhim yönalişlarga bölingan holda çiqişlar qilişadi. Forumning keng qamrovli dasturi katnaşçilarga e-Government Uzbekistan, Raqamli iqtisodiyot, Internet-forum yönalişlari, şuningdek «Axborot xavfsizligi» va «Startap anjumani» kabi seksiya majlislaridagi ma'ruzalarni tinglaş imkonini beradi.

E-Government Uzbekistan bölimining mavzulari AKT asosida davlat organlari va keng jamoatçilik örtasida barqaror muloqot örnatiş va uni rivojlantirişga yönaltirilgan strategik vazifalar muhokamasiga bağişlanadi. Xususan, forumning Raqamli iqtisodiyot bölimidan örin olgan ma'ruzalar qatoridan «Olmaliq TMK AJda AKTni tatbiq etiş jarayoni», «Bulut texnologiyalarning iqtisodiyotga ta'siri», «Özbekiston taşqi savdo-sotiq qatnaşçilari uçun «yagona darça» axborot tizimi imkoniyatlari», «Özbekiston temir yöllari» AJda AKTni rivojlantiriş», «Özbekiston havo yöllari» MAK yölovçilari uçun onlayn xizmatlarni tatbiq etiş va rivojlantiriş» kabilar örin olgan.

Internet-forum qatnaşçilari «Masofaviy ta'lim: bugungi holat va rivojlaniş istiqbollari», «Kontent sifati – elektron OAVning faoliyati hususidagi mulohazalar», «Internet-reklama muammolari», «Elektron tölovlar tizimining rivojlanişi», «Xalqaro internet-tijorat» kabi mavzularga alohida töxtalib ötişadi.

22 sentabr kuni bölib ötadigan Axborot xavfsizligi seksiyasida axborot tizimlari, resurslari va şaxsiy ma'lumotlarni himoya qilişni ta'minlaş, şuningdek axborot xavfsizligi auditi, xatarlarni boşqariş, istiqbolli yeçimlar va axborot xavfsizligini ta'minlaş texnologiyalarigi oid mavzular körib çiqiladi. Anjuman davomida Özbekistonda dasturiy ta'minot (DT) sanoatini rivojlantiriş, davlat sektori, biznes va ta'lim sohalarida DTdan muvaffaqiyatli foydalaniş namunalari haqida söz yuritiladi.

Startup anjumanida yangi startaplar taqdimoti, soha ekspertlarining mahorat darslari bölib ötadi. Ekspertlar özbekistonlik mutaxassislarning Super Dispatch va Tesla eko-startaplarida ötagan amaliyotlari haqida sözlab berişadi. Tadbirda, şuningdek, Özbekistonda Smart Home bozorini rivojlantirişdagi hamkorlikning yangi körinişlari haqida ham fikr almaşiniladi. 

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi doirasidagi tadbirlar bilan www.ictweek.uz rasmiy sayti orqali tanişib borişingiz mumkin.