Britaniyaning MI6 taşqi razvedkasi global razvedkaga qarşi kuraşiş uçun keyingi ön yil içida josuslari sonini ming nafarga oşirişga qaror qildi. Bu haqda Times gazetasi xabar bermoqda.
MI6 xodimlari sonini oşiriş ötgan yilda hukumat tomonidan qabul qilingan MI5, MI6 va mamlakat TIV bilan boğliq boşqarma xodimlari sonini 15 foizga (1900 kişi) oşiriş dasturiga muvofiq amalga oşiriladi. Naşrning fikriça, bunga muvofiq taşqi razvedka xodimlari soni ön yil içida 2,5 ming kişidan 3,5 ming kişiga ortadi.
Naşr ma'lumotlariga köra, xodimlar sonini oşiriş raqamli xavflarga qarşi kuraşiş uçun qöl keladi. Raqamli xavflar internet, mobil telefonlar va noutbuklar orqali tuğiladi, deb yozadi gazeta.











