MI6ʼning yangi rahbari Blez Metreveli özining ilk ommaviy nutqida Rossiya tomonidan kelayotgan «öta keskin tahdid» haqida ogohlantirdi.
Reutersʼning yozişiça, u «gibrid uruş» deb ataladigan usullarni alohida ta’kidlagan. Bunga kiberhujumlar, şuningdek, muhim infratuzilma obektlari yaqinida Rossiyaga aloqador tuzilmalar uçirgani gumon qilinayotgan dronlar kiradi.
Metreveli bu holatni «tajovuzkor, kengayişparast va revizionist Rossiya tomonidan yuzaga kelayotgan öta jiddiy tahdid» sifatida ta’riflagan.
U Ukrainadagi uruşga işora qilar ekan, Buyuk Britaniya Ukraina nomidan prezident Vladimir Putinga bosimni davom ettirişini qat’iy ta’kidlaydi.
«(Vladimir) Putin şubha qilmasin: bizning qöllab-quvvatlaşimiz uzluksizdir. Ukraina nomidan körsatayotgan bosimimiz davom etadi. Xaos eksporti Rossiyaning xalqaro maydondagi yondaşuvida kamçilik emas, balki öziga xos xususiyatdir. Va biz Putin öz hisob-kitoblarini özgartirişga majbur bölguniga qadar bu holat davom etişiga tayyor bölişimiz kerak», deya Metrevelining sözlarini keltirmoqda Reuters.
Blez Metreveli oktyabr oyida Riçard Murning örnini egalladi va Britaniya Taşqi razvedka xizmatining (MI6) 100 yildan köp tarixida uşbu lavozimni egallagan ilk ayol rahbar böldi.

BBC naşrining yozişiça, MI6ʼga 1999 yilda işga kirgan Metreveli yuqori lavozimga "Q Branch" orqali yetib kelgan. Bu tuzilma – Taşqi razvedka xizmatining yopiq va maxfiy bölimi bölib, u agentlarga foş etilmasdan va qölga tuşmasdan öz rahbarlari bilan aloqa qiliş imkonini beradigan turli texnik vositalar va qurilmalarni işlab çiqadi.
Şu sababli u öz nutqida Britaniya xavfsizligiga tahdidlarga qarşi kuraşişda texnologiyalardan foydalanişni keskin oşiriş zarurligini ta’kidlagan.













