Ayni vaqtda Kubada rasmiy taşrif bilan bölib turgan Yaponiya boş vaziri Şinzo Abe payşanba kuni Kuba inqilobi yetakçisi Fidel Kastro bilan uçraşdi.
Uçraşuv çoğida yaponiyalik martabali mehmon Kastrolarning kattasiga bu mamlakatga Yaponiya rahbarining ilk taşrifiga imkoniyat yaratib bergani uçun minnatdorçilik bildirib ötgan.
Granma portali xabariga köra, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning rivojlantirilişi masalasini muhokama qilgan va zamonaviy dunyoga xavf solib turgan tahdidlar haqida fikr almaşişgan. Xususan, yadro qurolidan voz keçişning muhimligi qayd etib ötilgan.
Şu kunning özida Şinzo Abe Kuba davlat kengaşi raisi Raul Kastro bilan uçraşuv ötkazgan. Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirişdan birdek manfaatdor ekanliklarini ta'kidlab ötişgan.
Yaponiyada "Ozodlik oroli"ga qiziqiş Kuba va AQŞ örtasidagi munosabatlar 2014 yilning dekabrida iliqlaşa boşlagani ortidan yuzaga keldi. Endilikda Kuba Yaponiyada istiqbolli hamkor sifatida körilmoqda va yaponlar bu mamlakatga investitsiyalar kiritiş tadorigida.
2015 yilning mayida Yaponiya taşqi işlar vaziri Fumida Kusida Kubaga taşrifini amalga oşirgandi. U bu mamlakatga kelgan ilk yuqori martabali amaldor bölgandi.

















