Yaponiya hukumati mamlakat imperatori Akixito taxtdan ketiş ehtimolini muhokama etuvçi maxsus komissiya tuzildi. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Yosixide Suga ma'lum qilgan.

"Imperatorning rasmiy vazifalar yukini kamaytiriş va şunga boğliq masalalarni muhokama etiş uçun maslahat kengaşi tuzildi", - dedi Suga. Uning sözlariga köra, komissiya içiga Yaponiya biznes federatsiyasining (Keydanren) olti nafar prezidenti kirgan.

Eslatib ötamiz: joriy yilning iyul oyida Yaponiya OAVda imperator özining tönğiç öğli Naruxito foydasiga taxtdan voz keçişi haqida gapirib ötilgan edi. Bu ma'lumotni turli darajada inkor etib kelişdi. Ammo 8 avgust kuni mamlakat imperatori öz soğliği haqida xalqqa murojaati vaqtida gapirib ötgan.