«Laytxauz Donoylgaz» kompaniyasi xöjayini, avstraliyalik tadbirkor Vladimir Jamirze Rossiyaning «Başneft» kompaniyasidagi davlat uluşini xarid qiliş uçun 6 mlrd dollar taklif qildi, deb xabar qilmoqda RNS.
Xabarlarga köra, tadbirkor prezident Putinga maktub yöllab, pulni ötkaziş uçun «tegişli idoralarga» ruxsat berişni iltimos qilgan. U şuningdek, Rossiya davlat rahbaridan barça iştirokçilarning qatnaşuviga imkon beriladigan oçiq va adolatli auksion ötkazişga kömak berişni söragan.
Jamirzening sözlariga köra, «Laytxauz Donoylgaz» va hamkorlari Şveytsariya banklarida Rossiya neft gaz sohasiga kiritiş maqsadida 10 mlrd dollar mablağni jamğarişgan.
«Laytxauz Donoylgaz» egasining aniqlik kiritişiça, u Avstraliyaning 1998 yilda Melburn şahrida röyxatdan ötgan va neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz savdosi bilan şuğullanuvçi xususiy Lighthouse Corporation korporatsiyasi bilan aloqador ekanini ma'lum qilgan. Tadbirkorning sözlariga köra, uning soliq tölovlaridan keyingi daromadi 2015 yilda 1,3 mlrd dollarni taşkil etgan.
Biroq, ICIS kompaniyasining suyultirilgan gaz yönalişi böyiça bölimi rahbari Roman Kazminning aytişiça, Avstraliya bozoridagi 8 yillik faoliyati davomida Lighthouse Corporation haqida biron marta ham eşitmaganini bildirgan.












