AQŞning Federal qidiruvlar byurosi aktyor Bred Pitt tomonidan öz farzandlariga qattiqqöl munosabatda böliş haqidagi ma'lumot böyiça isbotlar töplamoqda, deb ma'lum qildi Associated Press axborot agentligi. 

FQB vakili Lora Emillerning aytişiça, byuro OAVda bu haqda paydo bölgan xabarlar böyiça tergov boşlaşi mumkin. Pitt oilasi bilan 14 sentabrda şaxsiy samolyotda parvoz etayotgan paytda göyoki ğazablanib, farzandlariga baqira ketgan va ularga nisbatan kuç işlatgan.  

Avvalroq aktyor öz farzandlariga qattiqqöl munosabatda bölişda gumon qilingani ma'lum qilingandi. Öz navbatida aktyorning rafiqasi Anjyelina Joli Pitt tomonidan farzandlariga "xavf" borligini aytgandi.