KXDR Seul va Amerikaning Tinç okeanidagi harbiy bazasiga nisbatan yadro qurolini qöllaşi mumkin. Koreya Markaziy telegraf agentligi Şimoliy Koreya boş ştabi vakilining sözlariga asoslangan holda şunday xabar qilmoqda. 

Bayonotda ta'kidlanişiça, AQŞ va Janubiy Koreyaning fitnalari, Koreya yarimorolida nazorat qilib bölmaydigan va yadro qurolidan foydalanişga olib borişi ehtimoli yuqori, hal qilib bölmas vaziyatni kuçaytirmoqda. Şunga binoan, Koreya xalq armiyasi boş ştabi harbiy qarşilik körsatiş borasida özining asosiy qaraşini ma'lum qildi. 

"Koreya xalq armiyasining yadroviy kallaklari Seulni kultepaga aylantiradi", — deyiladi KMTA xabarida. 

Şimoliy koreyalik harbiylar şuningdek, keskinlik tobora kuçaysa va yarimorol osmonida AQŞning V-1B bombardimonçi samolyotlari parvozini davom ettiraversa, Amerikaning Guam orolidagi harbiy aviabazasini "yer yuzidan supurib taşlaşini" ta'kidlaşgan. 

22 sentabr kuni AQŞning Tinç okeani qömondonligi (USPACOM) Amerikaning ikkita B-1B strategik bombardimonçi samolyoti KXDR çegaralariga juda yaqin hududdan uçib ötgan. Ulardan biri Seuldan 70 km janubroqqa qöngan. 

"Sönggi 20 yilda birinçi marta V-1V Koreya yarimoroliga qöndi", — deyiladi USPACOM bayonotida.