Rossiya poytaxti şarqidagi Golyanovo tumanida joylaşgan omborxonada çiqqan yonğinni öçiriş işlariga jalb etilgan öt öçiruvçilarning 8 nafari olov içida izsiz yöqoldi.
Mahalliy naşrlarning ma'lumotiga köra, Amur köçasidagi sun'iy gullar tayyorlanadigan omborxonada yirik yonğin kelib çiqqan. Alanga 4 ming kv m maydonni qamrab olgan. Bu yonğin oğirligi böyiça törtinçi darajali deb baholangan.
Öt öçiriş işlariga 200 nafar öt öçiruvçi hamda 60ta texnika safarbar etilgan. Yonayotgan plastikni öçiriş ilojsiz işga aylangan, öt öçiruvçilar binolarga kislorod kirişini tösib qöyiş maqsadida barça nuqtalarni köpikka töldiriş uçun yoppasiga harakat qilgan.

Hozirda yonğinning avj olişi töxtatilgan, uni butunlay bartaraf etiş işlari davom etmoqda, endilikda olovning aholi uçun xavfi qolmagan.
Guvohlarning ma'lumotlariga köra, yonğin birdaniga boşlangan. Guvohlar bino içidan çopib çiqqan işçi ayollarni körişgan.

"Ular juda tez çopişardi, ba'zilari çoynakdan yonğin çiqqani haqida aytişardi. Avvaliga vaziyat jiddiy emasdek körinardi", degan ötkinçi guvohlardan biri.
8 nafar öt öçiruvçi tom qulab tuşgaç, halok bölgani taxmin qilinmoqda. RIA Novosti xabarida aytilişiça, önlab işçilar yonğin içida qolgan bölişi mumkin.
Yonğin töla bartaraf etilgaç, bedarak ketgan kişilarni qidiriş işlari boşlanadi.
Rossiya şahri meri Sergey Sobyanin halok bölgan öt öçiruvçilarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
















