Amerikaning National Interest jurnali dunyoning dengiz, havo va quruqlikdagi eng kuçli armiyalari reytingini tuzib çiqdi. Ularning har birida Rossiya, AQŞ va Xitoy örin egallagan.

Şunday qilib, naşr tasnifiga köra, dunyoda eng kuçli harbiy-dengiz flotiga ega mamlakatlar — AQŞ, XXR, Rossiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyadir.

Aslida, Rossiya quruqlikdagi armiya böyiça yetakçi hisoblanadi. Biroq, uning harbiy-dengiz floti tarkibidagi kemalari soni yetarliça. "Rossiya HDK ixtiyorida 79ta katta kema, jumladan bitta avianosets, beşta kreyser, 13ta esminets va 52ta suv osti kemasi mavjud", — deyiladi hujjatda. 

Maqola mualliflarining qayd etişiça, suv osti kemalari Rossiya harbiy flotining asosiy kuçidir. Uning tarkibidagi suv osti kemalarining 15tasi atom kemalaridir. 16ta köpmaqsadli, raketa-torpedo qurollariga ega suv osti kemasi mavjud. 9tasiga ballistik raketa, oltitasiga qanotli raketalar joylangan. 

Boşqa mamlakatlar borasida töxtalgan NI Amerika aviataşuvçi kemalarini alohida e'tirof etgan. AQŞda 10ta şu rusumdagi kema bor. Bundan taşqari, Xitoy harbiy floti tarkibida ham suv osti kemalari köp. 

NI naşriga köra, AQŞ, XXR, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya quruqlikdagi eng kuçli armiyalarga ega. 

Rossiya quruqlikdagi qöşinlari soni 285 ming nafar jangovar tarkibdan iborat, NI fikriça, 535 ming harbiy xizmatçidan iborat AQŞ qöşini eng kuçlisidir. Xitoy xalq ozodlik armiyasi öz navbatida 1,6 millionlik piyoda qöşinlari bilan faxrlansa arziydi. Britaniyada bu körsatkiç 102 ming askardan iborat. 

Sönggi, uçinçi reytingga köra, yer yuzidagi eng kuçli harbiy havo kuçlari atigi törtta mamlakatda mavjud. Bular — AQŞ, Rossiya, XXR va Yaponiya.

Rossiya ixtiyorida 1500 jangovar samolyot va 400ta şunday vertolyot bor. NI jurnalining yozişiça, Qöşma Ştatlar HHK tarkibida 5,6 ming samolyot bölsa, HDK ixtiyorida 3,7 ming samolyot mavjud.