20 yil avval Norvegiya neft qazib çiqarişdan tuşgan daromadlarini maxsus zaxira fondiga yiğa boşladi. Bu pul 2016 yilning sentabriga kelib, 882 milliard dollarga yetdi va mamlakat YaIMni ikki barobar oşib ketdi. Endi siyosatçilar oldida boşqa savol turibdi: "Kutilmaganda köpayib ketgan katta miqdordagi pullarni aholini "haddidan oşirmay" va axloq me'yorlaridan çetga çiqmay qanday sarflaş mumkin?" The Economist jurnali bu borada maqola çop etdi. 

Norvegiya neft fondi 1990 yilda kelasi avlodga barqaror zaxira sifatida yaratilgan. Öşanda mamlakat hukumati Norvegiya daromadlarining çorak qismini taşkil etuvçi neft qazib çiqarişdan tuşgan daromadni xorijiy kompaniyalar, rivojlanayotgan biznes va obligatsiyalarga investitsiya qila boşladi. Bugungi kunga kelib, butun dunyo böylab 9 mingdan ortiq kompaniyalarda uning uluşi bor, bu Yevropa birjasida röyxatdan ötkazilgan barça aksiyalarning 2 foizidan va jahon iqtisodiyotining 1 foizidan köproği demakdir. Fondning eng köp uluşini Nestle, Alphabet, Microsoft va Apple aksiyalari, şuningdek AQŞ, Germaniya va Yaponiyaning davlat obligatsiyalari taşkil qiladi. 

2016 yilning sentabriga kelib, investitsiyalardan tuşgan daromad 7,3 trillion Norvegiya kronini (882 milliard dollar) taşkil qildi va mamlakat yalpi içki mahsulotidan ikki barobar oşib ketdi. Bu esa Norvegiya zaxira fondini dunyodagi eng katta fondga aylantirdi. 

Yuqori daromadlarga qaramay, barqaror fond pullari 2016 yilning boşiga qadar sarflanmadi. Neftning narxi keskin tuşib ketganidan keyin mamlakatda retsessiyaning oldini oliş uçun fondning ma'lum bir qismi işlatildi. 

Norvegiya zaxira fondining öziga xosligi şundaki, mamlakat hukumati uni tejamkorlik va oşkoralik tamoyillariga asoslanib boşqarmoqda. Istagan fuqaro investitsiya oqimini onlayn rejimida kuzatiş imkoniga ega. Pul vositalarining ulkan zaxirasiga qaramay, byudjyet qoidalari hukumatga belgilangan yillik daromadning 4 foizidan köproğini sarflaşga imkon bermaydi. Asosiy kapital esa daxlsizligiça qolmoqda. 

Ilgari fond faoliyatini nazorat qiliş bilan şuğullangan Norvegiya Moliya vazirligi xodimi Martin Skankening aytişiça, xarajatlarni nazorat qilişga bölgan işonç aholi örtasidagi ijtimoiy tenglikka asoslangan. Pul vositalarining tejalişi mamlakatning qişloq joylarida ikki avlod ilgari hukmron bölgan qaşşoqlikni yaxşi eslaşlari bilan boğliq. 

Manbada ma'lum qilinişiça, norvegiyaliklarning mentaliteti sönggi paytlarda özgarmoqda va mamlakat fuqarolari boyliklarini köz-köz qilişdan qörqişmayapti. Yoşi 50dan kiçik bölgan kişilar mamlakatning qaçonlardir noçor vaziyatda qolganini bilişmaydi ham.