Associated Press agentligi AQŞ va Rossiyaning Suriya böyiça kelişuvlari töplamiga kiruvçi hujjatni e'lon qildi. Quyida uning asosiy jihatlarini havola qilamiz.
«Rossiya va AQŞ (kelgusida — tomonlar) Halab hududida alohida qat'iyatlik körsatib, Suriyadagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun qöşma çoralar köriş niyatida. IŞID, «Jabhat an-Nusra» va haqiqiy muxolifat çegaralarini belgilab oliş, şuningdek, muxolifatni «Jabhat an-Nusra»dan ajratiş asosiy vazifadir», — deyiladi hujjatda.
Keyingi bandlarda, tomonlar sulh muddati va uning boşlaniş şartlarini hamda Kastello yölidan xavfsiz foydalaniş tartibini yölga qöyiş çoralarini aniqlab olişgan.
Xususan, hukumat va muxolifat kuçlarini ortga olib ketiş masalasiga oydinlik kiritilgan. Hujjatga köra, tomonlarning heç biri raqib tomon taşlab ketgan hududni egallaşga haqli emas. Çunki, bu yerlar harbiysizlaştirilgan hududlarga aylantiriladi.
Tomonlar, Suriya armiyasi va muxolifat kuçlarining majburiyat va imkoniyatlari xususida ham kelişib olgan.
«Muxolifat «Jabhat an-Nusra» kuçlarining harbiylardan xoli hududni egallab olmasligi uçun barça çoralarni köradi», — deyiladi hujjat matnida.
Bundan taşqari, Halabni Kastello yöli böyiça tark etişni istagan barça suriyaliklar, şu jumladan haqiqiy muxolifat a'zolari ham barça qurol aslahalari va oğir texnikasini ham olgan holda çiqib ketişi mumkinligi ta'kidlangan.
Şu bilan birga, AQŞ va Rossiya Qöşma ijroiya markazni taşkil etişi közda tutilgan. Bu yerda, ikki tomon harbiylari terrorçilarga zarba beriş böyiça amaliyotlarni muvofiqlaştiriş işlarini olib boradi.
9 sentabr kuni AQŞ davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Jyenevada bölib ötgan uçraşuvida, Suriya masalasida beş töplamdan iborat kelişuv şartlarini qabul qilgan edi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova öşa hujjatlardan birining oşkor etilişini «bu amerikalik hamkasblar uslubida» deya izohlagan.
Eslatib ötamiz, Rossiya kelişuvlarning barçasini oşkor qilişni yoqlamoqda.

















