Şotlandiyalik olimlar Marsdagi kiçik zilzilalarda vodorod ajralib çiqayotganini aniqlaşdi, bu esa boşlanğiç hayot şakllari uçun energiya manbai hisoblanadi. Bu haqida Astrobiology ilmiy jurnalida çop etilgan maqolada ma'lum qilindi. 

Tadqiqotçilar Taşqi Gebrid orollaridagi toğ yoriqlari - Şotlandiya qirğoqlaridagi arxipelagni örganib, ana şunday xulosaga kelişdi. Xususan, ular yoriqlar yaqinida hayotni qöllab-quvvatlaş uçun yetarli bölgan vodorod işlab çiqarilişini isbotlaşning uddasidan çiqişdi. 

Bundan taşqari, tadqiqotçilar seysmik faollik qayd qilingan yerda tektonik yoriqlar yonida paydo bölayotgan suyuqliklarning kimyoviy tarkibini alohida tahlil qilib çiqişdi. 

Olimlarning ma'lum qilişiça, ular tomonidan topilgan modellar xuddi şunday zilzilalar sodir böluvçi Qizil sayyoraga ham muvofiq keladi. Salohiyatli mikroorganizmlar ajralayotgan vodorod tufayli  u yerda yaşab ketişilari mumkin bölardi. Şunga qaramay, olimlarning xulosalarini Marsda amalda sinab köriş zarur.