BMT şafeligida faoliyat yurituvçi xalqaro YUNISEF gumanitar taşkilotining ma'lum qilişiça, Suriyaning Halab şahridagi 2 mlnga yaqin aholisi janglarning davom etayotgani sababli suv ta'minotidan mahrum bölgan.
«Halabning şarqiy tumanlarida istiqomat qiluvçi 250 ming aholiga içimlik suv yetkazib beruvçi Bab-al-Nayray suv minorasi zararlangan. Zöravonliklar ta'mirlaş guruhlarining stansiyani tuzatiş işlariga tösqinlik qilayapti. Bundan taşqari, şahar şarqidagi Sulaymon-al-Xalabiy suv stansiyasi ham yopilgan. Şahar ğarbidagi 1,5 mln kişiga suv yetkazib beriş tarmoqlari ham tösilgan», — deyiladi taşkilot xabarida.
Taşkilotning qayd etişiça, içimlik suvlarning bunday tanqisligi xususan, bolalar orasida kasalliklarning avj olişiga sabab bölişi mumkin. Çunki odamlar mahalliy quduqlardagi ifloslangan suvlarni içişga majbur bölişadi.
YUNISEFning ma'lum qilişiça, taşkilot şaharda muhtoj bölganlarga içimlik suvi yetkazib berişni köpaytirişni rejalaştirayapti. Biroq, bu uzoq istiqbolli muammoni hal etmaydi.












