Estoniyada prezidentlik saylovi bugun – 24 sentabrda, Tallinda yiğiladigan saylovçilar Kollegiyasida bölib ötadi.

Estoniyada bilvosita prezidentlik saylovi ikki bosqiçli tizimda ötkaziladi. Avval davlat rahbarini aniqlaşga parlament harakat qiladi, agar bu yerda ovozlar yetarli bölmasa, unda saylovçilar Kollegiyasida nomzodni aniqlaşga kirişiladi.

Mamlakat parlamentida uç turdan iborat ovoz berişda davlat yetakçisi kim bölişiga oydinlik kiritilmadi. Şunga muvofiq, ovoz beriş saylovçilar Kollegiyasida davom ettiriladi. Uşbu Kollegiyada parlamentning 101 deputati, mahalliy boşqaruv organlarining 234 nafar vakili – jami 335 kişi faoliyat yuritadi.

Eslatib ötamiz, Estoniya prezidentligi uçun ovoz berişlar beş nafar nomzod örtasida bölib ötmoqda.