Angliya Premer-Ligasining 6-turida “Mançester Yunayted” jamoasi öz maydonida “Lester”ni qabul qildi.
Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridan boşlab mezbonlar ketma-ket hujumlarni taşkil qildi. 22-daqiqada Kris Smolling burçakdan oşirilgan töpdan söng “Lester” darvozasini aniq nişonga oldi, - 1:0. Avvalgi öyinlarda zaxirada qolgan Xuan Mata 37-daqiqaga kelganda juda çiroyli tarzda “mankunianliklar”ning ikkinçi golini urdi, - 2:0. Oradan uç daqiqa ötib Markus Reşford tabloga öz nomini yozdirib qöydi, - 3:0. Ketma-ket ötkazilgan gollar “Lester”ni şokka tuşirdi. Bu esa 42-daqiqaga kelganda yana öz aksini körsatdi. “MYu”ning eng qimmatbaho transferi bölib turgan Pol Pogba boşi bilan “Lester” darvozasini törtinçi bor işğol etdi, - 4:0.
Ikkinçi bölimda “Lester” biroz jonlangan holda futbol körsata boşladi. Zaxiradan maydonga tuşgan Demaray Grey juda çiroyli tarzda David De Xea darvozasini işğol qilib hisobdagi farqni qisqartirdi, - 4:1. Qolgan vaqt davomida ikkala jamoa ham boşqa gol kiritişning uddasidan çiqa olmadi. Şunday qilib, “Mançester Yunayted” amaldagi çempion “Lester”ni 4:1 hisobida mağlub qildi.
“Mançester Yunayted” – “Lester” 4:1 (4:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 22 Smolling, 2:0 – 37 Mata, 3:0 – 40 Reşford, 4:0 – 42 Pogba, 4:1 – 59 Grey.
“Mançester Yunayted” – De Xea, Valensiya, Smolling, Bayi, Blind, Lingard (Kerrik, 78), Pogba, Errera, Mata (Yang, 87), Reşford (Runi, 83), Ibrahimoviç.
“Lester” – Tsiler, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Amarti, Olbrayton (Şlupp, 62), Marez (King, 46), Vardi (Grey, 46), Slimani.
Ogohlantirişlar: Xut (50), Simpson (74)












