Özbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qiliş töğrisida» qonunni imzoladi.
Qonun loyihasi 2016 yilning 10 martida Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2016 yilning 25 avgustida Senat tomonidan tasdiqlangan. Qonun rasman naşr qilinganidan boşlab 3 oy muddat içida kuçga kiradi.
Qonunda mehnatni muhofaza qiliş sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari belgilanib, Qonunga kiritilgan normalar davlat organlari tomonidan qonun talablarini bajarişda har xil aralaşuvlarni va korrupsiyani oldini oliş, tadbirkorlarga qulay şaroitlar yaratiş va işlovçi xodimlarni mehnat şaroitlarini doimiy ravişda yaxşilaşga hamda ularning mehnatni muhofaza qiliş sohasida ijtimoiy himoyani ta'minlaşga qaratildi.
Uşbu Qonunda jamoaviy himoya vositalari, zararli işlab çiqariş omili, iş örni, işlab çiqariş faoliyati, işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisa, kasb kasalligi, mehnat şaroitlari, mehnatni muhofaza qiliş, mehnatda mayib böliş, noqulay işlab çiqariş omillari, xavfli işlab çiqariş omili, şaxsiy himoya vositalari kabi tuşunçalarga atrofliça ta'rif berildi.
Mazkur Qonunning qabul qilinişida:
- mehnatni muhofaza qilişni respublika, tarmoq va hudud darajasida davlat organlarining vazifalari belgilandi hamda mehnatni muhofaza qiliş talablarini bajarişga iş beruvçi bilan birga xodimning ham mas'uliyati oşirilişi;
- mehnatni muhofaza qiliş xizmatini taşkil etişga imkoniyatlari yetmagan kiçik korxonalarda mehnatni muhofaza qiliş xizmatining vazifalarini bajariş autsorsing asosida mehnatni muhofaza qiliş sohasida xizmatlar bozorining professional iştirokçilarini (tadbirkorlarni) jalb qilinişi;
- işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini oliş hamda kamaytirilişi taşkilotning iqtisodiy holatini ösişiga sabab böladi, iş beruvçilarning mehnat muhofaza qilişni taşkil etiş maqsadida taşkilotlar tomonidan ixtiyoriy ravişda mehnatni muhofaza qilişni boşqariş tizimini audit qiliş mexanizmi joriy etilişi;
- xodimlarning ayrim toifalari, ayollar, voyaga yetmagan şaxslarni va mehnat qobiliyati çeklangan şaxslar uçun mehnatni muhofaza qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişning öziga xos xususiyatlarini belgilanişi;
- mehnatni muhofaza qiliş böyiça jamoatçilik nazoratini örnatişni ta'minlaş yuzasidan talablar kiritildi va boşqa davlat boşqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qiliş sohasidagi vakolatlari belgilanişi nazarda tutildi;













