Singapur hukumati yangi SGSecure mobil ilovasini işga tuşirdi. U mamlakat huquq-tartibot idoralariga foydalanuvçilarni terroristik xuruj yoki favqulodda holatlar yuzasidan zudlik bilan ogohlantiriş imkonini beradi, deya xabar qilmoqda  Channel NewsAsia.

Mazkur ilova terroristik tahdid paydo bölganida jamoatçilikni tayyorlaşga qaratilgan milliy dastur doirasida işga tuşirilgan. 

Şu bilan birga, ilovadan foydalanuvçilar huquq idoralariga jamoat xavfsizligiga daxldor ma'lumotlarni yuborişlari ham mumkin. U orqali zarurat paydo bölsa politsiyani çaqiriş imkoni mavjud. Şuningdek, SGSecure ilovasida mobil telefonining qayerdaligini aniqlovçi funksiya ham kiritilgan.