2016 yil 23 sentabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunning 21-moddasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskada bölganlar öz qarindoşlarini propiskaga qöyişlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan. 

Özbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentabrda qabul qilingan ÖRQ–296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati (Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 9, 249-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda) izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Izoh: mazkur Röyxatning 2 (xotini yoki eri, öz oilasiga ega bölmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tuğilgan yoxud nikohsiz tuğilgan voyaga yetmagan bolalar, şuningdek farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno), 
3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoşlari Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi».