Özbekiston Respublikasi prokuraturasi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti mas'uliyati kengaytirildi. Özbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura töğrisida”gi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonuniga köra, endilikda, Respublika prokuraturasining soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti jinoiy daromadlarni legallaştirişga ham qarşi kuraşadi. Qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Mazkur qonunga köra, “Prokuratura töğrisida”gi qonunning 10-moddasi 2-qismi, 18 moddasining nomi va 1-qismidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti” degan sözlar “soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legaşlaştirişga qarşi kuraş departamenti” degan sözlar bilan almaştiriladi.
Qonunning töliq matni matbuotda e'lon qilingan.

















