Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksi moliyaviy firibgarliklar orqali yirik miqdorda pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyatga doir yangi modda bilan boyitildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Jinoyat kodeksiga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisidagi qonunda şu haqda batafsil ma'lumot berilgan.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi 181-1 moddasiga binoan, mulkiy manfaat beriş böyiça zimmaga majburiyat oliş yöli bilan jismoniy va yuridik şaxslarning pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkini jalb etişga doir noqonuniy faoliyatni amalga oşiriş va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik şaxslarning yangi jalb etilgan pul mablağlari va (yoki) boşqa mol-mulki hisobidan bajariş, şuningdek, bunday faoliyatga rahbarlik qiliş va şunday faoliyat körsatilişini ta'minlaş:
a) juda köp miqdorda;
b) öta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, - yetti yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Qonunning töliq matni bilan “Xalq sözi” gazetasida tanişiş mumkin.

















