Amerikalik rejissyor va prodyuser Mel Bruks mamlakat prezidenti Barak Obama bilan undan san'atga qöşgan hissasi uçun taqdim etilgan medalni qabul qilib olayotganida hazillaşdi.

2015 yilda san'at sohasiga hissa qöşganlarni taqdirlaş tadbiri Vaşingtondagi Oq Uyda bölib ötgan.

Obama rejissyorning köksiga medalni taqib qöygaç, bunga javoban Bruks göyoki, prezidentning şimini yeçib olişga şaylangandek harakat qilgan. Uning bu harakati köpçilik naşrlar tomonidan şunday talqin qilinmoqda.

Ammo bu vaqtda Bruks medalning qançalik oğirligini namoyiş etmoqçi bölgani töğrisida ham fikrlar bildirilmoqda.

Ma'lumot uçun, Mel Bruks — amerikalik maşhur kinorejissyor, prodyuser va aktyor. U özining kinoparodiyalari va film-farslari orqali maşhurlikka erişgan. 1999 yilda özining ilk rejissyorlik işi — "Prodyuserlar" filmi ssenariysi uçun "Oskar" mukofotiga loyiq körilgan. Bruksning eng maşhur kartinalari orasida "Yoş Frankenşteyn", "Fazoviy tuxumlar", "Butun dunyo tarixi, birinçi qism", "Robin Gud: triko kiygan erkaklar" va boşqa filmlarni eslab ötiş mumkin.