Özbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, davlat mulkini xususiylaştiriş, ayniqsa, davlat tasarrufidagi past rentabelli, zarar körib işlayotgan korxonalar, böş turgan va qurilişi tugallanmagan binolarni “nol” xarid qiymatida sotiş joriy etilgani xususiylaştiriş jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 3 iyuldagi “Davlat mulki obektlarini kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga sotiş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hamda 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning uluşi va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari zarar körib işlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy noçor davlat korxonalarini investorlarga “nol” qiymatda sotiş imkoniyatini yanada kengaytirdi.
Navoiy viloyatida böş turgan bino va inşootlardan samarali foydalaniş, investitsiya kiritiş şarti bilan yangi iş örinlari taşkil etiş maqsadida 15 obekt viloyat hududiy tanlov komissiyasi qaroriga asosan 9 milliard 250 million söm va 550 ming dollar miqdorida investitsiya kiritiş majburiyati va 422 iş örni yaratiş şarti bilan tadbirkorlik sub'yektlariga sotilgan.
ÖzA xabariga köra, Zarafşon şahrida böş turgan inşoot örnida “Orianna Yarns Tekstil” mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi qöşma korxona taşkil etildi. 4 milliard 500 million söm investitsiya kiritiş şarti bilan faoliyat boşlagan korxonada akril ipi işlab çiqarilmoqda.
"Mahsulotimizga talab ortib, işlab çiqariş hajmi yanada kengaymoqda. Korxonada mehnat qilayotgan 150 ga yaqin işçining asosiy qismi yoşlardan iborat. Yiliga 700 tonna ip işlab çiqariş quvvatiga ega korxona Qozoğiston Respublikasi bilan 400 ming dollarlik eksport şartnomasi imzolagan. Ayni paytga qadar 43 ming dollarlik mahsulot xorijlik hamkorlarga yetkazib berildi", – deydi qöşma korxona direktori Bahodir Tölaganov.
Böş turgan davlat mulki obektlarining tadbirkorlarga bepul taqdim etilişi mulkdorlar safini kengaytiriş, işlab çiqarişga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş, pirovardida aholi bandligi va farovonligini ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.












