Navoiy viloyati Zarafşon şahrida yaşovçi oila 3 nafar farzandini Navoiy şahridagi prezident maktabida öqitmoqda. Bolalarning otasi Muruntau koni qöriqlaş xizmatida işlaydi, onasi Sarvinoz Xolmanova esa örta ma’lumotli. 3 farzandi ham nufuzli maktabda öqiyotgan oila Zarafşondan Navoiyga bolalari maktabga qatnaşiga yölkira topib berişga qiynalişadi, biroq bolalarining bilimli bölişi uçun özlarida borini bera olişadi.
Hudud24 naşri bolalarning onasi Sarvinoz Xolmanova bilan suhbatlaşdi.
“Bolaligimda asosiy vaqtim dalada ötgan, paxta çopardik. Şuning uçun norozi bölardim: bizning köp vaqtimiz paxta çopiş bilan ötyapti, dars qilişga kam vaqt topamiz deb. Paxtadan qoladigan vaqtimga loviya ekib, özim yiğiştirib olib, öqişga kirişga mablağ yiğişga harakat qilardim. Heç kim işlatmaydigan yerlarga loviya ekib sotib, Samarqand şahrida 3 oylik kompyuter kursida öqiganman.
Oilamizda qizlar 17-18 yoşlarida turmuşga çiqadi, lekin mening öqiş niyatim borligi uçun 20 yoşimgaça uzatişmagan”, deb eslaydi Sarvinoz Xolmanova.
Turmuşga çiqqaç, oilaviy vaziyat tufayli öqiş rejalari amalga oşmay qoladi. 3 farzandi ketma-ket tuğilgan ayol bor vaqtini bolalari yaxşi öqişiga sarflaydi.
“Boşidanoq katta öğlimning matematikadan iqtidorli ekanini sezardim, şuning uçun yaxşiroq maktablarda öqitişga harakat qilardik.
Uyimizga yangi köçib çiqqan vaqti elektr ötkaza olmagandik. 3 yil şu tarzda yaşadik va şu orada qizim, kiçik öğlim tuğildi. Ular hali çiroq nimaligini bilmasdi, şuning uçun heç qayerga mehmonga olib bormasdim. Agar mehmonga borsak, çiroq nimaligini bilib qolişsa, uyga qaytgaç içi siqiladi deb şunday qilardim.
Bir kuni bolalarimning devordan möralab qöşnining uyidagi televizordan multfilm tomoşa qilib ötirişganini körib qoldim. Şundan keyin biz ham naqdga bölmasa-da televizor sotib oldik. Lekin uni köp körmasdik, bir haftada bir tomoşa qilardik, sababi televizordan köp narsa olib bölmaydi. Bolalarim prezidentning kitob öqigan bolalar kelajakda televizor tomoşa qilgan bolalarni boşqarişi haqidagi gaplaridan motivatsiya olardi”, deydi ona.
Sarvinoz opaning aytişiça, 2013 yili ularning oilasi Zarafşon şahriga köçib keladi. U katta öğlini gimnaziyaga qöyişni, yaxşi ta’lim olişini reja qilgandi. Lekin oilada "propiska" bölmagani uçun bolasini oddiy maktablarga ham olmasdi. Yana rus tilini ham bilmaydi degan sabab bilan maktab direktori Sarvinoz opaning öğlini maktabga qabul qilmasligini aytadi. Lekin ayolning “Bir imkon berib köring”, degan gapidan söng maktabga qabul qiladi. “Propiska” tizimi bekor bölgaç qizining maktabda öqişi muammosiz hal bölgani ona uçun ahamiyatli böladi.











