Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini  juda işonçli ötkazayotgan “Mançester Siti” 6-turda “Suonsi”ga qarşi safarda töp surdi. Mehmonda öynaganiga qaramay, “şaharliklar” 3:1 hisobida ğalaba qozondi. Bir hafta oldin bu jamoalar Angliya Liga Kubogida özaro töqnaş kelişgan va öşanda “Siti” 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.

Dastlab, öyinning 9-daqiqasidayoq Serxio Aguero hisobni oçdi. Biroq, oz vaqtdan söng, 13-daqiqaga kelib, Fernando Lorente muvozanatni tikladi.

Ikinçi bölimning 65-daqiqasida yana Aguero penaltidan öz imkoniyatini boy bermadi va hisobni 1:2 körinişga olib keldi.

77-daqiqada esa Rahim Sterling raqib darvozasiga uçinçi töpni yölladi. Şunday qilib, “Mançester Siti” APLning qatorasiga olti turida ğalaba qozondi va peşqadamlikni saqlab qoldi.

Angliya çempionati
6-tur

"Suonsi" – "Mançester Siti" 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 9 Aguero, 1:1 – 13 Lorente, 1:2 – 65, penalti Aguero, 1:3 – 77 Sterling.
"Suonsi" – Fabianski, van der Xorn, Noton, Ranxel, Amat, Britton (Baston, 79), Kork (Ki Son Yen, 73), Fer, Sigurdsson, Rautlej (Barrou, 73), Lorente.
"Mançester Siti" – Bravo, Stounz, Kolarov, Sanya (Sabaleta, 78), Otamendi, Gyundogan (Fernando, 68), Fernandino, Silva, Sterling, de Bryuyne (Navas, 81), Aguero.
Ogohlantirişlar: Sanya (31), Fernandino (37), Amat (58), van der Xorn (64), Sterling (77), Kolarov (87).

Manba: Tribuna.Uz