Moskvaning "TsSKA" klubi Rossiya çempionatining 8-turida öz maydonida "Krasnodar" bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd qildi.

Armiyaçilar safida Lasina Traore 3-daqiqadayoq raqib darvozasini işğol qilişga muvaffaq böldi. Mehmonlar safida esa Fedor Smolov 15-daqiqada javob töpini kiritdi. "Krasnodar" hujumçisi joriy mavsumda çempionatdagi 8-golini kiritdi va bu natija bilan töpurarlar röyxatini boşqarmoqda. 

Hamyurtimiz Odil Ahmedov "Krasnodar"ning asosiy tarkibida maydonga tuşib, öng qanot yarim himoyasida 73 daqiqa töp surdi va söngra almaştirildi.

Musobaqa jadvalida "TsSKA" 18 oçko bilan 2-örinni, "Krasnodar" esa 12 oçko bilan 5-örinni egallamoqda.

Keyingi turda "TsSKA" mehmonda 2 oktabrda "Rostov" bilan öynaydi, "Krasnodar" esa şu kuni öz maydonida "Rubin"ni kutib oladi.

Ikkala klub ham yevrokubok musobaqalarida iştirok etmoqda. "TsSKA" 27 sentabrda Çempionlar Ligasida öz maydonida "Tottenxem"ni, Odil Ahmedov jamoasi "Krasnodar" esa Yevropa kubogida 29 sentabrda öz maydonida "Nitstsa"ni qabul qiladi.

 

manba:tribuna.uz