Şanba kuni Yevropa çempionatida ötkazilgan uçraşuvlarda urilgan eng çiroyli gollar saralandi. Xususan, "MYu" futbolçilarining kombinatsion goli, "Lester"ning javob goli hamda Özil va Sançesning bir-birini tuşuniş böyiça körsatib bergan "mahorat darsi".
Xuan Mata, «Mançester Yunayted»
(«Mançester Yunayted» — «Lester» — 4:1, 37-daqiqa – 2:0)
Yoki «Mançester Yunayted» kiçik inqirozdan çiqdi, yoki «Lester» ayni vaqtda raqobatbardoş jamoa emas, ammo «Old Trafford»da şu kuni faqat bir jamoa öynadi: «qizil iblislar» «tulkilar» darvozasini 4 marta işğol qilişdi, gollardan 3tasi burçakdan töpni öyinga kiritiş orqali. Faqat birgina gol bundan mustasno. Xuan Mata hisobiga yozilgan gol Pogba va Lingard hamkorligida "uçtalik" öynaş orqali yuzaga keldi.
Demaray Grey
(«Mançester Yunayted» — «Lester» — 4:1, 60-daqiqa – 4:1)
«Lester» bu uçraşuvda uddalay olgan yagona iş — Demaray Greyning qanotdan oşirilgan töpni darvozaning yuqori "töqqiztaligi"ga yöllaş orqali javob golini urişi böldi.
Mesut Özil, «Arsenal»
(«Arsenal» — «Çelsi» — 3:0, 40-daqiqa – 3:0)
Şu kuni kök libosda öynagan yana bir jamoa maydondan boş egib çiqdi. «Arsenal» öyinning boşidan oxirigaça «Çelsi»ni himoyaga qamadi. Ayniqsa, «kanonirlar»ning uçinçi goli uçraşuv bezagi böldi — Sançes va Özil özaro tuşunişning a'lo namunasini körsatib berişdi.
Fyodor Smolov, «Krasnodar»
(TsSKA — «Krasnodar» — 1:1, 15-daqiqa – 1:1)
Fyodor Smolov töpurarlik salohiyatini namoyiş etişda davom etmoqda. TsSKA bilan öyinda «Krasnodar» hujumçisi töp uçun kuraşda Sergey Ignaşeviçdan ustun kelib, töpni darvoza töriga yölladi. Endilikda Fyodor hisobida çempionatning 8 turidan keyin 8 gol bor.














