Fotosurat va videoxabarlar bilan almaşişga möljallangan Snapchat messenjeri yaratuvçilari özlarining birinçi gadjyetlari – içki örnatilgan kamerali quyoşdan saqlovçi közoynak Spectacles’ni taqdim qildilar, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.

"Biz eng kiçik simsiz videokameralardan birini yaratdik, u bir quvvatlaniş bilan kun davomida snaplar olişga imkon beradi", deb aytildi qurilmaga berilgan ta'rifda. Ta'kidlanişiça, qurilma uzunligi 10 soniyagaça bölgan video yozib, uni Bluetooth yoki  Wi-Fi orqali smartfonga uzata oladi. 

Közoynaklar uç xil rangda – qora, feruza va korall ranglarida taklif qilinadi. Qurilma 2016 yil kuzida savdoda paydo bölib, uning narxi 129,99 dollarni taşkil qiladi. 

Bundan taşqari, Snapchat asosçisi va rahbari Evan Şpigel kompaniyaning qayta şakllanişini ma'lum qildi. Endi kompaniya  Snap Inc. deb ataladi. Yangilangan kompaniya ham Snapçat’ni rivojlantiriş, ham Spectacles loyihasiga kiruvçi kamera va boşqa mahsulotlarni yaratiş biznesi bilan şuğallanadi.