AQŞning BMTdagi rasmiy vakili Samanta Pauer Rossiya va Suriya hukumatlarini Halabni öqqa tutişda aybladi. Bu haqda Pauer BMTning Suriya böyiça şoşilinç yiğilişida ma'lum qildi.
Pauerning aytişiça, Rossiya Halabdagi tinç aholining ölimi hamda infratuzilmaning muhim obektlari barbod bölişida aybdordir. AQŞ Moskvani yaraşuv şartlarini buzganlikda aybladi.
"Biz Xavfsizlik kengaşini Rossiya Halabning şarqi va u yerdagi 275 ming aholiga katta miqyosli operatsiyani boşlagani uçun yiğdik", deb aytdi Pauer.
Uning aytişiça, hujumlar oqibatida 139 kişi halok bölgan.
"Şubhasiz, Rossiya bugunda bu hujumlar terrorçilarga qarşi qaratilganini aytadi. Biroq bu safsata", deb qöşimça qildi Pauer.
Avvalroq AQŞ boşçiligidagi koalitsiya Suriya armiyasi pozitsiyalariga zarba bergandi. Buning oqibatida 60 dan köproq harbiy halok bölgan, 100 ga yaqini yaralangan.












