BAAning Şarja şahrida taksiçi bir tadbirkor unutib qoldirgan, içida 1,7 mln dirham (500 ming dollar) bölgan papkani egasiga qaytarib berdi, deb xabar bermoqda The National naşri.
Pokistondan bölgan haydovçi papkani Şarja aeroportidan janubiy koreyalik tadbirkorni Dubayga yetkazib qöygandan keyin maşinasida aniqlagan. U darhol bu haqda politsiyani xabardor qilgan. Politsiya öz navbatida papka egasini topgan.
30 yoşli taksiçi özining bu olijanob işi uçun Şarja yöllar va transport boşqarmasining minnatdorçilik yorliği va 3 ming dirham (820 dollar) bilan mukofotlandi. Mukofot pulining uçdan bir qismi papka egasi, qolgan ikki qismi esa yöl boşqarmasi tomonidan berilgan.
Ta'kidlanişiça, ötgan yili ham xuddi şu taksiçi içida 13 ming dollar bölgan papkani uning egasi – Eron fuqarosiga qaytarib bergandi.













