AQŞ Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden nemis fuqarolik mukofoti – "Donolik qadahi" sovrindori böldi, deb xabar bermoqda Bild naşri.

Mukofotni topşiriş tantanali marosimi Kassel davlat teatri binosida ötdi. Snoudenning özi marosimga kela olmagan.

"Qonun vijdonning örnini bosa olmaydi", deb aytdi u videomurojaatda.

"Donolik qadahi" mukofoti 26-marotaba Germaniyaning Kassel şahrida ğoyaviy tösiqlarni barbod qila olgan faoliyat, vijdon va öz işiga bağrikenglik uçun topşirildi. Mukofot 1991 yilda Germaniyaning birlaşişi şarafiga ta'sis etilgan. Mukofot qiymati 10 ming yevroni taşkil qiladi.