Hindistonning PSLV C-35 raketasi 26 sentabr, duşanba kuni 8 sun'iy yöldoşini geopolyar orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqdi. Bu haqida ISRO (Kosmik tadqiqotlar taşkiloti) xabar berdi.
PSLV C-35 taşuvçi raketasiga Şrixarikota orolidagi (Bengal körfazi) Satiş Dxavan nomidagi kosmik markaz kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 9:12da start berildi.
Bundan avval sun'iy yöldoşlarni olib çiqişda orbitani töğirlaşga möljallangan texnologiya ikki marta - 2015 yilning dekabri va 2016 yilning iyunida sinovdan ötgan. Duşanba kuni esa unga birinçi marta işçi tartibda start berildi: startdan 17 daqiqa ötgaç, orbitaga Yerdan 720 kilometr uzoqlikdagi masofaga Hindistonning SCATSAT-1 meteorologik yöldoşi çiqarilgan bölsa, undan keyin yana 7 sun'iy yöldoş 670 kilometrga kötarildi.
"Hind taşuvçi raketasi özining 37-parvozida ob-havoni örganiş uçun 377 kilogrammli SCATSAT-1'ni geopolyar orbitaga va qöşimça 7 sun'iy yöldoşini quyoş-sinxron orbitasiga olib çiqdi. Bu yuk ikki xil orbitaga olib çiqilgan ilk PSLV missiyasidir", - deyiladi ISRO matbuot relizida.












