Sport | 17:49 / 26.09.2016
6888
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino va «Real» 2015 yili tarkibni tozalash shartlari bilan muzokara o‘tkazilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Real» prezidenti Florentino Peres uni 2015 yili ortga qaytmoqchi bo‘lgani haqida tarqatilgan xabarni rad qildi.

Portugaliyalik mutaxassis aytdiki, go‘yoki jurnalist Robert Bizliga «Jose Mourinho. Up Close and Personal» nomli uchun bergan intervyusida prezidentning takliflari haqida aytgani – quruq yolg‘on.

Mourino «Real» bilan tarkibda tozalash ishlari o‘tkazish sharti bilan muzokara olib borigani haqidagi gaplarni butkul inkor qilgan.

O‘z navbatida «Real» ham alohida shartlar bildirilgan taklif bilan chiqqani haqidagi xabarni rad etdi.

Bundan oldinroq, Daily Mail nashri Florentino Peres 2015 yili Mourinoni Madridga taklif qilgani hamda Pepe, Kasilyas, Ramos va Marselo kabi futbolchilarni tarkibdan yo‘qotib, yangi jamoa shakllantirishni so‘ragani haqida xabar tarqatgandi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid