AQŞ prezidenti Barak Obama davlat rahbari lavozimini egallaganidan keyin avvalgidan köra köproq beadab sözlarni işlata boşlaganini tan oldi. 

"Bunday sözlarni keragidan ortiq işlataman. Men bu lavozimni egallab, avvalgidan-da köproq nojoiz sözlarni qöllay boşlaganimni angladim", - dedi Amerika prezidenti Vanity Fair naşriga bergan intervyusida. 

"Biroq baxtimga Oq uy xodimlari rahbari (Denis Makdonou) va milliy xavfsizlik böyiça yordamçim (Syuzan Rays) beadab sözlarni mendan-da köp qöllaşadi", - qöşimça qildi u.