Gruziya IIVning bayonot berişiça, respublikaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili vataniga qaytişga urinib körgudek bölsa, zudlik bilan hibsga olinadi. IIV rahbari Georgiy Mgebrişvilining jurnalistlarga xotirlatişiça, Saakaşvili bir neçta jinoiy işlar böyiça qidiruvda. Şu munosabat bilan Gruziya politsiyasi uni mamlakatga kirib kelişi bilan qölga oladi. 

Ayni vaqtda, Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori bölib işlayotgan Saakaşvili Gruziya parlamenti uçun 8 oktabr kuni bölib ötajak saylovlar natijasi e'lon qilinişi bilan Gruziyaga qaytişini ma'lum qilgan edi. 

Gruziya parlament saylovlarida Saakaşvilining "Yagona milliy harakat" partiyasi qatnaşmoqda. Bundan taşqari, uning rafiqasi Sandra Rulofs deputatlik uçun kuraşmoqda. Gruziyaning sobiq prezidenti saylovlarga oz muddat qolganida Turkiyada saylov ştabini tuzmoqçi.